Barcha murojaatlar bitta oynaga tushadi
Instagram, Facebook, Telegram va WhatsApp yozishmalari alohida qolmaydi.
Instagram, Facebook, Telegram va WhatsApp alohida bo'lsa, murojaatlar yo'qoladi. Ukam esa barcha xabarlarni bitta oynaga yig'adi, CRM ichida saqlaydi va egaga menejerlar, sotuv, ombor, moliya hamda marketing ustidan to'liq nazorat beradi.
Qisqa ariza
Ism va telefon qoldiring. Ro'yxatdan o'tishni bir joydan boshlaysiz.
Bugun nechta murojaat tushdi? Hammaga javob berildimi? Kim mijozni kutdirib qo'ydi? Qancha murojaat yo'qoldi? Ko'p bizneslarda bu savollarning javobi yo'q. Faqat taxmin bor.
Egaga gap kerak emas. Egaga ko'rinadigan raqam kerak: nechta murojaat keldi, kim oldi, kim javob berdi, kim yopdi, pul qayerda.
Chat bir tomonda, CRM boshqa tomonda, Excel uchinchi tomonda qolmaydi. Ukam ularni bitta oqimga yig'adi: murojaat kiradi, menejer ishlaydi, mijoz tarixi saqlanadi, pul va harakat ko'rinadi.
Jamoa ilovadan ilovaga sakramaydi. Ega esa qayerda nima bo'layotganini qidirib yurmaydi.
Instagram, Facebook, Telegram va WhatsApp yozishmalari alohida qolmaydi.
Kim nima so'ragan, savdo qaysi bosqichda turgani va oldingi yozishmalar ko'rinadi.
Kim tez, kim sekin, kim real savdo olib kelyapti, gap bilan emas ko'rsatkich bilan ko'rinadi.
Pul boshqa joyda, qoldiq boshqa joyda yurmaydi. Jarayon bitta tizimga tushadi.
Har bir murojaat tizim ichiga tushadi. Ko'zdan qochadigan chatlar kamayadi.
Menejerlar ilovadan ilovaga sakramaydi. Ishning boshi tezlashadi.
Oldingi yozishmalar, savdo bosqichi va izohlar CRM ichida saqlanadi.
Kim ishlayapti, kim mijoz sovityapti, kim pul olib kelyapti ko'rinadi.
Ommaviy, segment bo'yicha yoki vaqt bo'yicha qayta savdo ishga tushadi.
Instagram, Facebook va Telegram kontenti uchun reja bir joyda yuradi.
Kundalik boshqaruv CRM, ombor va moliya ichiga ko'chadi.
Daromad, xarajat, hisobot va tovar harakati bir joydan ko'rinadi.
Murojaat keladi, lekin uni kim oldi, kim kutdirdi, kim savdoga aylantirdi, kim foyda olib keldi bilinmaydi. Ukam shu joyni egaga ochib beradi.
Har bir yangi murojaat egasi bilan turadi. Chalkashlik qolmaydi.
Ko'p gap bilan natija qilgan odam bir xil ko'rinmaydi.
Javob sekinlashsa, egasi buni kun tugamasdan ko'radi.
Endi foyda olib kelayotgan menejer aniq ajraladi.
Tezkor javob pasaysa, sovigan murojaat ko'payadi. Egasi buni o'sha kunning o'zida ko'radi.
Qayta taqsimlash kutayotgan murojaat
Ukam faqat chat emas — xabarlardan tortib omborga, kassagacha, AI va marketinggacha barchasi bitta platformada ishlaydi.
Instagram, Facebook, Telegram va WhatsApp xabarlari bitta ekranda ko'rinadi. Menejer kanaldan kanalga o'tmasdan, birorta murojaatni o'tkazib yubormasdan javob beradi.
Har bir chat yonida mijoz kartochkasi ochiladi: savdo bosqichi, status, izohlar, oldingi buyurtmalar. Menejer hech narsani so'ramasdan davom ettiradi.
Buyurtma rasmiylashgach ombor avtomatik kamayadi. Kirim-chiqim, qoldiq va hisobot tizim ichida ko'rinadi — alohida dastur kerak emas.
AI menejerga javob tavsiyasi beradi, chatlarni tahlil qiladi. Marketing qismi esa SMS, Email rassilka va Instagram/Facebook/Telegram kontent postingini bitta joydan boshqaradi.
Ukam ichida Instagram, Facebook va Telegram uchun kontentni rejalash va e'lon qilish mumkin. Marketing bir tomonda, sotuv boshqa tomonda qolmaydi.
Rassilka qismi faqat SMS va Email uchun. Ommaviy, segment bo'yicha va vaqt bo'yicha kampaniya qilishingiz mumkin.
Mijoz bilan yozishma Ukam ichiga tushgach, ish tugamaydi. Keyingi bosqich ham shu yerda yuradi: savdo jarayoni, qoldiq, kirim-chiqim, hisobot.
Tarix, savdo bosqichlari, izohlar va aloqalar bir kartochkada.
Tovar, qoldiq va ichki harakat Excelga suyanmay yuradi.
Hisobotni qidirib yurmay, tizim ichida ko'rasiz.
Ukam AI-assistenti chatlarni tahlil qiladi, zaif joyni ko'rsatadi va menejerga qanday javob yaxshiroq bo'lishini tavsiya qiladi.
Qayerda soviganini va qayerda noto'g'ri javob ketganini topishga yordam beradi.
Mijozga qanday yozish yaxshiroq bo'lishini ko'rsatadi.
Buyurtma va savdo yozishmalari ko'p bo'lgan bizneslar.
Tez javob va qayta aloqa muhim bo'lgan joylar.
Mijoz tarixi va menejer nazorati kerak bo'lganlar.
So'rov ko'p, qayta aloqa tez bo'lishi kerak bo'lgan bizneslar.
Yo'q. Asosiy ish kanallarni ulash, jamoani bitta oqimga o'tkazish va kundalik ishlash tartibini bir marta to'g'ri qo'yishdan iborat.
Odatda eng katta qiyinchilik texnikada emas, odamlarni tarqoq ishlashdan bitta tizimga o'tkazishda bo'ladi. Shu o'tish qilinsa, keyingi jarayonlar ancha soddalashadi.
Agar murojaatlaringizning katta qismi direkt yoki messenjerlardan kelsa, sizga menejerlar ustidan nazorat kerak bo'lsa va mijoz tarixini yo'qotmaslik muhim bo'lsa, mos tushadi.
Do'konlar, salonlar, xizmat bizneslari, turizm, lokal brendlar va chat orqali sotadigan boshqa bizneslar uchun ayniqsa foydali.
Ha, qisqa moslashuv kerak bo'ladi. Lekin maqsad yangi murakkab tizim berish emas, aksincha Telegram, Instagram, WhatsApp, Facebook va Excel orasidagi yugurishni kamaytirish.
Xodim bir joyda xabarni ko'radi, mijoz tarixini ochadi va savdo bosqichi bilan ishlaydi. Shu sababli o'rganish odatda uzun byurokratik CRM'lardagidan yengilroq kechadi.
Xabarlar qismi Instagram, Facebook, Telegram va WhatsApp xabarlarini bitta joyga yig'adi. Maqsad shuki, mijoz qayerdan yozmasin, menejer uni bitta ish oqimida ko'rsin.
Bu qismni rassilka bilan aralashtirmaslik kerak: messenjerlar bu yerda kiruvchi va ishchi chatlar uchun ishlatiladi.
Ha. CRM ichida har bir mijoz kartochkasi, yozishmalar tarixi va sotuv bosqichlari yuradi.
Bu shuni anglatadiki, mijoz bilan oldin nima gap bo'lganini topish uchun alohida chat qidirish, daftar ochish yoki Excel titish shart bo'lmaydi.
Ha. Kim nechta murojaat olgani, kim savdo yopgani, kim tez yoki sekin ishlayotgani ko'rinadi.
Bu blokning qiymati shunda: egada endi faqat “ishlayapmiz” degan gap emas, menejer kesimida raqam bo'ladi. Qaysi odam foyda olib kelmoqda, qaysi odam murojaatni sovityapti ko'rish mumkin.
Ha. SMS va Email orqali ommaviy, segment bo'yicha va vaqt bo'yicha kampaniya yuborish mumkin.
Bu funksiya yangi murojaatni qabul qilish uchun emas, eski bazani qayta ishlatish, qayta savdoni yoqish va sovigan mijozlarni qayta uyg'otish uchun kuchli ishlaydi.
Ha. Instagram, Facebook va Telegram uchun kontentni rejalash va e'lon qilish mumkin.
Bu foydasi shunda: marketing alohida ilovalar ichida qolmaydi, tashqi kommunikatsiya va ichki murojaat oqimi bir boshqaruv doirasida yuradi.
Kundalik operatsiyada ehtiyoj keskin kamayadi, chunki CRM, ombor va moliya tizim ichida yuradi.
Ba'zi bizneslar o'z ichki odatlari sabab Excel'dan yana ham foydalanishi mumkin, lekin Ukamning vazifasi uni asosiy tayanch emas, ikkinchi darajali vositaga aylantirish.
Ha. Biznesni telefondan ham kuzatish va asosiy jarayonlarni boshqarish mumkin.
Bu ayniqsa egalar uchun muhim: ofisda bo'lmaganda ham chatlar, menejerlar intizomi va asosiy raqamlar ko'z oldida bo'ladi.
Xabarlar, CRM, menejerlar, marketing, ombor va moliyani bitta tizimga yig'ing. Biznesni taxmin bilan emas, raqam bilan boshqaring.
14 kunlik sinov muddatini bir formadan boshlang. Bugun javobsiz qolgan murojaat, ertaga raqib mijoziga aylanishi mumkin.
Qisqa forma. Kam gap. Keyingi qadam aniq.